Kiyim chexollari ishlab chiqarish
Toshkentda kiyim chexollarini o‘zimiz tikamiz va ustiga mijozning logotipini pechat qilamiz.

Ko‘proq atelyelar, butiklar, ximchistkalar va to‘y salonlari bilan ishlaymiz. Ular chexolni kiyimni saqlash uchun ham, o‘z brendini ko‘rsatish uchun ham olishadi.
Bichish, tikish va pechat hammasi o‘z seximizda qilinadi. Shuning uchun narx perekupsiz, sifatini ham o‘zimiz tekshiramiz.